O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi

2019 yil 26 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “O‘zbekiston” o‘qish zalida Butunjahon giyohvandlikka qarshi  kurash kuniga bag‘ishlangan “Giyohvandlik – kelajak kushandasi” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Mazkur ko‘rgazmaning maqsadi kutubxona foydalanuvchilari orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Vatan taqdiriga teng hayot” deb nomlangan hujjatli film taqdimoti

2019 yil 19 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida atoqli yozuvchi va jurnalist Sa’dulla Karomatov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan “Vatan taqdiriga teng hayot” deb nomlangan hujjatli film taqdimoti bo‘lib o‘tdi. «Ovozi tojik» gazetasi tahririyati va “Muruvvat” ijodiy guruhi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir 27 iyun – O‘zbekiston Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlandi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Terrorizm va diniy ekstremizm-davr muammosi” mavzusida davra suhbati

2019 yil 11 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi Yetakchilar kengashi bilan hamkorlikda “Terrorizm va diniy ekstremizm-davr muammosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Moi dorogie poputchiki” deb nomlangan kitobi taqdimoti

2019 yil 10 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida shoira, yozuvchi, san’atshunos-jurnalist Guxarik Bagdasarovaning “Moi dorogie poputchiki” (Mening aziz hamrohlarim) deb nomlangan kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda san’atshunos olimlar, yozuvchilar, shoirlar, sozandalar, ijrochilar, tarjimonlar hamda muallifning yaqinlari va do‘stlari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda “Eng yaxshi rus tili o‘qituvchisi” tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

2019 yil 7 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “SHARQ AYOLI” Xalqaro ayollar jamoat fondi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda “Eng yaxshi rus tili o‘qituvchisi” tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Xalq ta’limi vazirligi, "Sharq ayoli" xalqaro ayollar jamoat jamg‘armasi hamda Rossiyaning “Russkaya gumanitarnaya missiya” tashkiloti tomonidan “Eng yaxshi rus tili o‘qituvchisi” tanlovida yurtimizdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari ishtirok etdilar.