O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq shoiri Normurod Narzullaev tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan bibliografik sharh va adabiyotlar ko‘rgazmasi

2019 yil 5 iyul  kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “O‘zbekiston” o‘qish zalida shoir va tarjimon Normurod Narzullaev tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan bibliografik sharh bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi xodimlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar. Bibliografik sharhni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti muharriri Davron Mansurov olib bordi.

Ruminiya-O‘zbekiston: hamkorlik sari qadam

2019 yil 4 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida  Ruminiyaning Yevropa Ittifoqi Kengashiga raislik muddati tugaganligi bois o‘tgan davr faoliyatining sarhisobiga bag‘ishlangan tadbir hamda haykaltarosh Konstantin Brankuzi asarlari fotosuratlari va Ruminiya milliy madaniyati namunalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi - abiturientlarga

Yana abiturientlar va ularning ota-onalari uchun eng qizg‘in palla keldi... Universitetlarda hujjatlarni qabul qilish jarayoni avjiga chiqqanda, O‘zbekiston Milliy kutubxonasining o‘quv zallarida talabalar kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasdiqlangan kunga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma

2019 yil 2 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Adolat” o‘qish zalida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasdiqlangan kunga bag‘ishlangan “Vatan timsollari muqaddasdir” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatilishini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun-mohiyati hamda ahamiyatiga bag‘ishlangan brifing

2019 yil 1 iyul kuni O‘Zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatilishini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun-mohiyati hamda ahamiyatiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda soha mutaxassislari va OAV vakillari ishtirok etdilar.