O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Najmiddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiyning fiqh asoslariga bag‘ishlangan kitoblari bilan to‘ldirildi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Najmiddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiyning “Fiqh asoslarini o‘rganish va u to‘g‘ridagi umumiy qarashlarning tafsiloti” (“Tahsil usul al-fiqh”) va “Yulduzlarning chiqishi va ilmlarning to‘planish joyi” (“Matla an-nujum va majma al-ulum”) kitoblari bilan to‘ldirildi. 

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yoshlarda media va axborot madaniyatini shakllantirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2016 yil 10 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yoshlarda media va axborot madaniyatini shakllantirish” mavzusida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “YS – your school” ingliz tili so‘zlashuv klubining davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshida tashkil etilgan chet tillarni ommalashtirish va rivojlantirish markazi “YS – your school” tomonidan tashkil etilgan tadbirda ingliz tili so‘zlashuv klubining doimiy a’zolari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida estrada xonandasi Shuhrat Daryo bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2016 yil 5 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida estrada xonandasi Shuhrat Daryo bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda san’atshunos olimlar, shoirlar, bastakorlar, musiqachilar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar. 

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ukrain shoirasi Lesya Ukrainkaning 145- yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘td

2016 yil 26 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ukrain shoirasi, dramaturg, tanqidchi, jamoat arbobi Lesya Ukrainkaning 145-yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Ukrainaning O‘zbekistondagi diplomatik korpusi vakillari, “Slavutich” ukrain milliy madaniy markazi qatnashchilari, O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi ukrainlar hamda kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etishdi. 

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ilmiy-ma’rifiy bazalaridan jamoaviy foydalanish imkoniyatlari bilan tanishtiruvchi seminar bo‘lib o‘tdi

2016 yil 2 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ilmiy-ma’rifiy bazalaridan jamoaviy foydalanish imkoniyatlari bilan tanishtiruvchi seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda  barcha qiziquvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, OTM va O‘zbekiston FA qoshidagi barcha ilmiy-tadqiqot institutlari axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari ishtirok etdilar.

Seminar maqsadi – axborot-kutubxona sohasi mutaxassislarini ilmiy ta’lim manbalari bazalari bilan tanishtirish, dunyo ilmiy ta’limiy resurslaridan O‘zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona muassasalarida samarali foydalanishni ta’minlash kabi dolzarb muammolarning yechimini topish.