O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2016 yil 24 mart kuni O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning 75 yilligi munosabati bilan bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda adabiyotshunoslar, shoirlar va yozuvchilar, jurnalistlar va tarjimonlar, O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari va  Toshkent shahri kollejlari o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va nashr ettirish faolligi Milliy ilmiy-ta’limiy forum

23-25 mart 2016 yil O‘zbekiston Milliy kutubxonasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirish ko‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi bilan hamkorlikda ILMIY MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISh VA NAShR ETTIRISh FAOLLIGI Milliy ilmiy-ta’limiy forumini tashkil etmoqda. 

E’LON

21 mart kuni – “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ishlamaydi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Qadaminga hasanot Navro‘z” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida umumxalq bayrami Navro‘z tarixi, u bilan bog‘liq milliy udumlar va urf-odatlar bilan tanishtiruvchi “Qadaminga hasanot Navro‘z” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. 

Ukrain shoiri va rassomi Taras Grigorevich Shevchenko tavalludining 202 yilligi munosabati bilan adabiy-musiqiy kecha bo'lib o'tdi

2016 yil 11 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ukrain shoiri va rassomi Taras Grigorevich Shevchenko tavalludining 202 yilligi munosabati bilan adabiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistondagi Ukraina Respublikasi elchixonasi va “Slavutich” ukrain milliy madaniy markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda adabiyotshunos olimlar, tarjimonlar, shoilar, musiqiy jamoalar, O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi ukrain millati vakillari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.