O‘zbekiston Milliy kutubxonasida A.Ibrohimovning “Ildizim va o‘zim” tarixiy hujjatli romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2016 yil 26 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Abduqahhor Ibrohimovning “Ildizim va o‘zim” tarixiy hujjatli romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yozuvchilar, tarixchi olimlar, huquqshunoslar, faylasuflar, OTM talabalari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Angliya kuniga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi

2016 yil 25 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Angliya kuniga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbir aprel oyida Britaniyada nishonlanadigan barcha umumxalq bayramlariga bag‘ishlandi. Bu – Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizavetta II ning 90 yilligi, Angliya homiysi Muqaddas Georgiy kuni, ingliz yozuvchisi Shekspirning tavallud va o‘limining 400 yilligidir. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilarini Britaniya madaniyati, an’analari va adabiy merosi bilan tanishtirish maqsadida o‘tkazilgan mazkur tadbir doirasida tanlovlar va viktorinalar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "O‘zbekiston buyuk allomalar Vatani” nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2016 yil 25 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida professor S. Nosirxo‘jaev va f.f.d., professor S.A’zamxo‘jaevalarning “O‘zbekiston buyuk allomalar Vatani” deb nomlangan kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tilshunoslar, faylasuflar, falsafa fakultetlari talabalari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

“Central Asia – 2016. FAN, TA’LIM, MADANIYaT VA BIZNESDA INTERNET VA AXBOROT- KUTUBXONA RESURSLARI” X Xalqaro konferensiyasi doirasida sho‘ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi  

2016 yil 22 aprel kuni Samarqand davlat universitetining axborot-resurs markazida  “Central Asia – 2016. FAN, TA’LIM, MADANIYaT VA BIZNESDA AXBOROT- KUTUBXONA RESURSLARI” X Xalqaro konferensiyasi doirasida axborot-kutubxona sohasi mutaxassislarining ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga, ularning yetakchi tajribalarini almashishga, kutubxonalarning zamonaviy ko‘rinishini shakllantirishga va axborot texnologiyalarini tadbiq etishga yo‘naltirilgan sho‘ba yig‘ilishlari, seminar-treninglar, mahorat darslari, vebinar va treninglar bo‘lib o‘tdi.

“Central Asia – 2016. INTERNET VA AXBOROT- KUTUBXONA RESURSLARI FAN, TA’LIM, MADANIYaT VA BIZNESDA” X Xalqaro konferensiyasi ochildi

2016 yil 21 aprel kuni “Central Asia – 2016. INTERNET VA AXBOROT- KUTUBXONA RESURSLARI FAN, TA’LIM, MADANIYaT VA BIZNESDA” X Xalqaro konferensiyasining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyaning ochilish marosimida vazirlik, idoralar vakillari va tadbir tashkilotchilari qatnashchilarni qutladilar. X Xalqaro anjumanining ishtirokchilarini qutlar ekan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjaev uning fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot resurslarni rivojlantirish va qo‘llashda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar faoliyatining amaliy natija beradigan va samarali hamkorligini kuchaytirishga yo‘naltirilgan maqsadi bilan tanishtirdi va “Mazkur X Xalqaro anjumanining Samarqand shahrida o‘tkazilishi bejiz emas, bu bizning Samarqandda o‘tkazgan I Xalqaro konferensiyamizdan buyon o‘tgan vaqt oralig‘ida bajarilgan ishlarimiz natijasini ko‘rishga imkon beradigan sarhisobdir,”deya e’tirof etdi.