O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Mirmuhsin tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan bibliografik obzor bo‘lib o‘tdi

2016 yil 3 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida shoir va yozuvchi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Mirmuhsin tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan bibliografik obzor bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon tadbir qatnashchilariga o‘zbek adibi, shoir va jurnalist Mirmuhsin Mirsaidovning bolaligi, ilk ijodi haqida so‘zlab beri. "U 1921 yil 2 may kuni Toshkentda tavallud topgan. Nizomiy nomidagi pedagogika institutini tamomlab, o‘rta maktabda ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi, so‘ngra o‘zbek radiosida, markaziy gazeta va jurnallarda muharrir bo‘lib ishlagan.

E`lоn!  

O’zbеkistоn Мilliy kutubхоnаsining kitоb мuzеyi ekspоzitsiyasi yangilаndi

 

O’zbеkistоn Miliiy kutubхоnаsining kitоb muzеyidа 2016 yilning mаy оyidа Shаrq vа G’аrbdа kitоbаt sаn`аti tаriхimаvzusigа bаg’ishlаngаn  ekspоzitsiya nаmоyish etilmоqdа.

Ekspоzitsiyaning mаqsаdi – kutubхоnа fоydаlаnuvchilаri, tаshrif buyuruvchilаri vа mеhmоnlаrini O’zbеkistоn Milliy kutubхоnаsining Qo’lyozmаlаr, nоdir vа аlоhidа qimmаtgа egа nаshrlаr fоndidа sаqlаnаyotgаn Shаrq vа G’аrb dаvlаtlаridа kitоbаt sаn`аti, mаdаniyati, kitоb yasаsh uslublаri hаqidаgi mаnbаlаr ko’p ekаnligini tаnishtirishdаn ibоrаt. Ko’rgаzmа XVII - XIX аsrlаrdа yarаtilgаn qo’lyozmа, tоshbоsmа vа ilk mаtbаа usulidа chоp etilgаn kitоblаrdаn tаshkil tоpgаn.

O‘zbekiston  Milliy  kutubxonasida “O‘zbekistonda ta’lim” mavzusida munozara bo‘lib o‘tdi

2015 yil 2 may kuni O‘zbekiston  Milliy  kutubxonasi qoshidagi “YS” chet tillarni rivojlantirish va targ‘ib etish markazining  inglizi tili so‘zlashuv klubi a’zolarining “O‘zbekistonda ta’lim” mavzusida baxs-munozarasi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zlashuv klubining doimiy qatnashchilari va ingliz tilida bemalol so‘zlashuvchi kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar. Tadbir avvalida klubning yangi a’zolari o‘zlarini tanishtirdilar, o‘z qiziqishlari haqida so‘zlab berdilar, shu bilan o‘z ingliz tilidagi bilimlarini namoyon etdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2016 yil aprel oyi uchun asosiy ko‘rsatkichlari

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 136138 nafar foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 589 nafar foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.
2016 yilning aprel oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 2307 shundan chet el fuqorosi 11 nafar.
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba - 791;
O‘quvchi – 792;
Abituriyent – 229

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Milliy musiqa va opera teatri asoschisi”  nomli adabiyotlar ko‘rgazmasi ochildi

2016 yil 1 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Ijod” zalida O‘zbekiston xalq artisti, xonanda Muhiddin Qori-Yoqubov tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan adabiyotlar ko‘rgazmasi ochildi. “Milliy musiqa va opera teatri asoschisi” deb nomlangan ko‘rgazmada o‘zbek teatr arbobi, xalq bariton-xonandasi Muhiddin Qori Yoqubov hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi adabiyotlar o‘rin olgan.