O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aloqa va axborotlashtirish sohasi mehnat faxriylari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2016 yil 6 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aloqa va axborotlashtirish sohasi mehnat faxriylari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish sohasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan soha vakillari, mehnat faxriylari, Toshkent aloqa kolleji o‘qituvchilari va o‘quvchilari hamda kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirni ochiq deb e’lon qilar ekan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjaev axborotlashtirishning hozirgi kundagi o‘rni va sohha faxriylarining uning rivojidagi rolini alohida e’tirof etdi. “O‘zbekiston Milliy kutubxonasining faoliyatida axborot kommunikatsiya tizimidan keng miqiyosda foydalaniladi. Bugungi kunda axborot-kutubxona xizmatlarini aloqasiz tasavvur qilish qiyin. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nafaqat O‘zbekiston fuqarolariga, balki chet elliklarga ham onlayn xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Bunda axborotlashtirish sohasining o‘rni beqiyosdir. Sizlarni bugun kasb bayrami bilan qutlar ekanman, siz orqali barcha shu soha vakillariga sizlarning sayi harakatlaringiz tufayli O‘zbekiston axborot kommunikatsiya yatexnologiyalari va kutubxonachilik sohalari bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarni egallab kelayotganini e’tirof etmoqchiman”, dedi A.Xodjaev.

E’LON!

2016 yil 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan 8 may bayram arafasi kuni, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 121-moddasiga asosan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy  kutubxonasida  ish vaqti bir soatga qisqartiriladi va foydalanuvchilarga soat 16.00 ga qadar xizmat ko‘rsatiladi.

Ma’muriyat

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Tarixning noma’lum sahifalari” nomli to‘plamining 5-kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2016 yil 5 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzey va shahidlar xotirasi jamoat fondi tomonidan chop etilgan “Tarixning noma’lum sahifalari” nomli to‘plamining 5-kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tarixchi olimlar,adabiyotshunoslar, faylasuflar, yurist olimlar, Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi xodimlari, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi vakillari, kitobda chop etilgan maqolalar mualliflari,  ilmiy tadqiqotchilar, Toshkent davlat pedegogika universiteti talabalari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjaev tadbir ishtirokchilarini qutladi va tadbirning muhim ahamiyati, mazkur tadbir tashkilotchilari qatnashchilarga “Tarixning noma’lum sahifalari” nomli to‘plamining avvalgi nashrlari haqida so‘zlab berdilar. Kitobning taqdimot marosimida uning mohiyati, bugungi kunda tarixiy va tarbiyaviy ahamiyati haqida so‘z bordi. So‘zga chiqqanlar kitobda aks ettirilgan tarixiy voqeliklarning ilmiy asoslari, maqolalarning dolzarbligi haqida so‘zladilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Inson aziz, xotira muqaddas” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

2016 yil 5 may kuni O‘zbekiston Milliy  kutubxonasida “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda “Inson aziz, xotira muqaddas” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Milliy  kutubxona qoshidagi “YS” chet tillarni rivojlantirish va targ‘ib etish markazi a’zolari va ko‘ngillilari tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda “Mahalla” xayriya jamoat fondi vakillari, mahalla fuqarolik yig‘inlari vakillari, kutubxona foydalanuvchilari va OAV vakillari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Qahramoni unvoni, “Mustaqillik”, “Do‘stlik” ordenlari, “Jasorat” va “Shuhrat” medallari ta’sis etilgan kun munosabati bilan ko‘rgazma ochildi

2016 yil 5 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Qahramoni unvoni, “Mustaqillik”, “Do‘stlik” ordenlari, “Jasorat” va “Shuhrat” medallari ta’sis etilgan kun munosabati bilan ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada yurtimizdagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga katta hissa qo‘shgan, el­-yurt tinchligi va osoyishtaligini mustahkamlashda fidoyilik ko‘rsatgan, jamiyatimizning ijtimoiy-­iqtisodiy, ilmiy­-texnik va ma’naviy­-ma’rifiy hayotida alohida e’tiborga sazovor bo‘lgan yurtdoshlarimiz taqdirlangan mazkur Davlat mukofotlarining ta’sis etilishi tarixi, maqsadi bilan tanishtiruvchi kitoblar, risolalar, gazeta va fotosuratlar taqdim etilgan.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1994 yil 5 may kuni O‘zbekiston Qahramoni unvoni va oliy nishon – “Oltin yulduz” medali, “Mustaqillik”, “Do‘stlik” ordenlari hamda “Jasorat”, “Shuhrat” medallari ta’sis etildi.