O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Oila - Vatan ichra kichik Vatandir” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

2019 yil 2 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi katta majlislar zalida “Oila - Vatan ichra kichik Vatandir” mavzusida tadbir  bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Vazirlar  Mahkamasi huzuridagi “Oila”  ilmiy-amaliy tadqiqot markazi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlari uchun mavzuga oid ma’ruzalar, psixologik treninglar shuningdek oila haqidagi videoroliklar namoyish etildi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Avaz O‘tar – xalqparvar shoir” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi

2019 yil 2 avgust kuni  “O‘zbekiston” o‘qish zalida o‘zbek ma’rifatparvar shoiri Avaz O‘tar tavalludining 135 yilligi munosabati bilan “Avaz O‘tar – xalqparvar shoir” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada buyuk ma’rifatparvar shoiri Avaz O‘tar hayotidan, uning ilm-ma’rifat yo‘lidagi jonbozliklaridan guvohlik beruvchi dalillar, xotiralar va uning qalamiga mansub asarlar o‘rin olgan.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2019 yil iyul oyi uchun asosiy ko‘rsatkichlari

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 231 265 nafar foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 577 nafar foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.

2019 yilning iyul oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 2961 shundan chet el fuqorosi 33 nafar.

Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:

Talaba - 285;

O‘quvchi – 580;

Abituriyent – 1376;

E’LON!

2019 yil 31 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida profilaktika ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan “Tozalik kuni” e’lon qilinadi va ushbu kun foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Nodir durdonalar muallifi” deb nomlangan adabiyotlar ko‘rgazmasi

2019 yil 21 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Jahon” o‘qish zalida amerikalik yozuvchi Ernest Xemiguey tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan “Nodir durdonalar muallifi” deb nomlangan adabiyotlar ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘zgazmada muallifning turli tillarda chop etilgan sara asarlari o‘rin olgan.