E’LON!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 10 avgustdagi 672-F-son farmoyishiga asosan obodonlashtirish umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi belgilangan. 2019 yil 17-18 avgust kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida umumxalq xayriya xashari o‘tkaziladi.

Ma’muriyat

E’LON

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi  tomonidan “Bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilish bo‘yicha eng yaxshi uslubiy ishlanma/loyihalar» Respublika tanlovi e’lon qilinmoqda.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida brifing bo‘lib o‘tdi

2019 yil 9 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Mediamarkazida  Axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarini kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha masofaviy o‘qitish tizimini yaratishga hamda Bolalar va yoshlarni o‘qishga jalb qilish uchun eng yaxshi metodik ishlanma/loyiha bo‘yicha Respublika tanloviga bag‘ishlangan brifing tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda  tegishli vazirlik va idoralar mutasaddi rahbarlari, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari va OAV vakillari ishtirok etdilar.

E’LON!

Qurbon Hayiti munosabati bilan 11 avgust bayram dam olish kuni e’lon qilinadi va ushbu kun foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi. 10 avgust bayram oldi kuni ish vaqti 1 soatga qisqartiriladi va foydalanuvchilarga soat 16.00 ga qadar xizmat ko‘rsatiladi.

Ma’muriyat

E’LON!

2019 yil 7 avgust kuni texnik sabablarga ko’ra Milliy umumta’lim elektron kutubxonasining avtomatlashgan axborot-kutubxona tizimi va web sahifalar loyihasida ishtrok etuvchi axborot-kutubxona muassasalari saytlari iwlashi 09:00dan 18:00gacha  to’xtatib turiladi.