O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Bolalikning oltin jildi” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi

2019 yil 10 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqbol” O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Bolalikning oltin jildi” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi. Unda yosh kitobxonlar fikriga ko‘ra mazmunli, yorqin, barcha uchn birdek sevimli bo‘lib qolgan kitoblar taqdim etilgan.

Bolalar adabiyoti, ya’ni yozma shaklda bayon etilgan ertak va masallar XVII asr oxirida paydo bo‘lgan. XVIII asr bolalarga D. Defoning “Robinzona Kruzo” va Dj. Sviftning “Gulliver sayoxati” asarlarini hadya etdi. XIX asrda esa bolalar adabiyoti G.X. Andersen va aka-uka Grimmlar ertaklari bilan boyidi. N.Nosov, A.Barto, K.Chukovskiy, B.Zaxoder, E.Uspenskiy, G‘.G‘ulom, Z.Diyor, Q.Muhammadiy, P.Mo‘min, X.To‘xtaboev, A.Obidjon, T.Adashboevlar kabi XX asrning taniqli bolalar yozuvchilari va shoirlari asarlari hozir ham sevib o‘qilmoqda.

Ko‘rgazmada N.Nosovning “Priklyucheniya Neznayki i yego druzey”, L.Laginning “Starik Xattabыch”, A.Kuprinning “Belыy pudel”, A.Bartoning “Kniga dlya semeynogo chteniya”, A.Lindgrenning “Otvajnaya Kaysa”, K.Bulichevning “Devochka s Zemli”, S.Prokofevaning “Skazochnыe povesti”, Aka-uka Grimmlarning “Malenkie chelovechki/Mitti odamchalar”, “Skazki”, “Zolotыe skazki”, “Samыe luchshie skazki-kartinki”, “Jemchujnaya kniga luchshix skazok mira”, Pushkin ertaklari hamda o‘zbek tilidagi “Jasur sichqoncha”, “Oltin kovushcha”, “Oltin beshik”, “Tohir va Zuhra”, “Xalifa laylak”,  “Ertaklar karvoni”, “Tikanli quyoncha”, “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” va boshqa ertaklar, hikoya va qissalar alohida o‘rin egallagan.

Ko‘rgazmada rus va o‘zbek tillaridagi ertak kitoblar namoyish etilgan.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar ertaklarning sehrli dunyosiga g‘arq bo‘ldilar va o‘z bolaliklaridagi sevimli ertaklarini topdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati