O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi ochildi

2019 yil 11 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Kashfiyot” o‘qish zalida  Vatan  himoyachilari  kuni  munosabati  bilan “Vatanga qalqon-xalqiga posbon” nomli adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmadan Armiyamiz kechasi va buguni, askarlarimizning jangovor tayyorgarligi haqida hikoya qiluvchi gazeta va jurnallar, ularining qahramonliklarini ulug‘lovchi asarlar o‘rin olgan.

Ko‘rgazmada taqdim etilgan adabiyotlar yurtimiz chegaralarining dahlsizligini ko‘z qorachig‘idek qo‘riqlayotgan askarlarimizning jasoratlari,  tinchlikni ta’minlashda o‘z hissasini qo‘shayotgan harbiylar matonati haqida so‘zlaydi.  Qadim zamonlardan buyon harbiy xizmat sharaf deb hisoblanadi. Ko‘rgazma uchun tanlangan adabiyot askarlarimizning jasoratini, zodagonligini, shon-sharafini, jasoratini aks ettirgan. Bugun biz yurtimizni jasorat ko‘rsatib himoya qilayotganlarga, shuningdek tinchlik davrida mamlakat qurolli kuchlari safida murakkab va mas’uliyatli xizmatni o‘tayotganlarga hurmat-ehtirom va minnatdorchilik bildiramiz.

“Vatanga qalqon-xalqiga posbon” nomli adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi, birinchi navbatda, navqiron kitobxonlarimizga qaratilgan, chunki ular yaqinda o‘z hayotidagi eng muhim tanlovni – kasb tanlovini amalga oshirishlari kerak. Taqdim etilgan adabiyotlardan foydalanuvchilar ajdodlarimiz bizning yerimizni qanday himoya qilganlarini, hozirgi kunda davlatimiz qanday mustahkamlanayotganini, dushman kuchlar zaminimizga kirib kelmasliklari uchun qanday harakatlar olib borilayotganini bilib oldilar.

Kitoblar tinchlik va osoyishtalik har bir millatning asosiy boyligi ekanligini ta’kidlab, jasoratli tinchlik posbonlarimizning fidoiy mehnati, chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlashdagi jasorati va Vatanimizni ko‘z qorachig‘iday asrash kabi yigitlik burchlari haqida hikoya qiladi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati