O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Toshket shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan imkoniyati cheklangan insonlar uchun o‘zbek milliy kinosi aktyor va aktrisalari bilan ijodiy uchrashuv

2018 yil 9 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan imkoniyati cheklangan insonlar bilan “Fitna” badiiy filmi ijodkorlari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda birlashmaning faol a’zolari, imkoniyati cheklangan yoshlar ishtirok etdilar.


“SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasining asosiy maqsadi – Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan insonlarni o‘zlariga bo‘lgan ishonch va salohiyatlarini kuchaytirish, ularning jamiyatning faol ishtirokchilari bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashish. Shuningdek, “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi muntazam ravishda trening, seminar, master-klasslar o‘tkazadi va «sherik maslahati» deb nomlangan individual maslahat berish orqali uyda o‘tirib qolgan va ayrim vaziyat tufayli ma’naviy jihatdan jamiyatdan ajralib, yakkalanib qolgan imkoniyati cheklangan insonlarga yordam berishga harakat qiladi.


Tadbirda film ijodkorlari filmning yaratilish tarixi, g‘oyasi, tasvirga olish jarayoni, aktyorlar esa o‘zlari ijro etgan rollar haqida so‘zladilar, muhlislarining savollariga javob berdilar. Uchrashuv ishtirokchilari ular uchun sevimli bo‘lib qolgan “Fitna” badiy filmi ijodkorlari va aktyorlardan o‘zlarini qiziqtirgan ko‘pgina savollarga javob oldilar va ularga ijodiy barkamollik tiladilar. Shuningdek Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi vakillari O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga minnatdorlik va kelajakda hamkorlik qilish istagini bildirdilar.