‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston san’at arbobi Meli Mahkamov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tamara Mahkamovalar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2016 yil 12 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston san’at arbobi Meli Mahkamov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tamara Mahkamovalar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda rejissyorlar, jurnalistlar, ssenariy mualliflari, tanqidchilar, televidenie rejissyorlari, O‘zbekiston san’at arbobi Meli Mahkamov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tamara Mahkamovalarning ijodkor do‘stlari, shogirdlari, qarindoshlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

Ijodiy uchrashuv ishtirokchilari o‘nlab badiiy, hujjatli, televizion va teatrlashtirilgan filmlar ijodkori O‘zbekiston san’at arbobi Meli Mahkamovning mazmunli va qiziqarli ijod yo‘li, hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, teatr aktrisasi va televidenie rejissyori Tamara Mahkamovaning teatr va televizion postanovkalardagi yorqin rollari haqida so‘zlab berdilar. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjaev tadbirni ochiq deb e’lon qildi, shu kabi uchrashuvlarni yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rnini alohida e’tirof etdi va O‘zbekiston san’at arbobi Meli Mahkamov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tamara Mahkamovalar ijodi bilan tanishtirdi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, yu.f.d. Akmal Saidov Mahkamovlarning ustozlik sifatlariga alohida urg‘u berib, ular bilan bo‘lgan ijodiy hamkorligi haqida so‘zlab berdi.

O‘zbekiston xalq  artistlari Rixsixon Ibroximova, Tesha Mo‘minov va Marat Azimovlar Tamara Mahkamova bilan birgalikda suratga tushgan filmlarni sahnalashtirish jarayonida kechgan qiziqarli voqealarni xotirladilar. O‘zbekiston san’at arbobi Mahkam Muhammedov va Mirabbos Mirzaaxmedovlar O‘zbekiston san’at arbobi Meli Mahkamovning ijodiy muvaffaqiyatlari, insoniylik xususiyatlari, kasbiy mahoratlari va ustoz, kasbdosh va shogirdlariga bo‘lgan munosabatlari haqida hikoya qildilar. Ijodiy uchrashuv qahramonlari, O‘zbekiston san’at arbobi Meli Mahkamov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tamara Mahkamovalar esa o‘z televizion loyihalari, telemarafonlar va Sohibqiron Amir Temur izidan “Yetti iqlim hukmdori” deb nomlangan turkum hujjatli filmlarning suratga olish jarayoni haqida so‘zlab berdilar. Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tamara Mahkamova rollar ijro etgan “Qutlug‘ qon”, “Dunyoning ishlari”, “Moskov boy” videofilmlari va “Teleminiatyuralar teatri”dan parchalar namoyish etildi.

Ijodiy uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekiston san’at arbobi Meli Mahkamov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tamara Mahkamovalarning san’atdagi ilk qadamlari, ularning ustozlari va kelajakdagi rejalari kabi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.