O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuniga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi

2016 iyl 12 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida  Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuniga bag‘ishlangan «Kosmonavtika –bepoyon kelajak» nomli kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada ilmiy-texnik kitoblar, kosmos, aviator olimlar, uchish apparatlari haqida hikoya qiluvchi kitoblar namoyish etilmoqda.

Mazkur ko‘rgazmadan foydalanuvchilarni kosmonavtika tarixi, fazo, koinot, komonavtika taraqqiyoti bilan tanishtiruvchi «Ochiq kosmosda», «Kosmonavtika», «Kosmos tinchlik himoyasida», «Kosmos insonga», «Zemlya nad nami», «Kosmos: moya rabota», «Zagadki zvyozdnыx ostrovov» kabi hujjatli va ilmiy nashrlar o‘rin olgan. Shuningdek, kosmonavtlar hayoti, ularning kundalik mehnati va jasorati, kosmos texnikasi taraqqiyoti haqida hikoya qiluvchi «Jizn zamechatelnыx lyudey» turkumidan «Yuriy Gagarin» va «Siolkovskiy» kitoblari ham havola etilmoqda.

Kutubxona foydalanuvchilari dunyo faniga hissa qo‘shgan konstruktorlar, kosmonavtlar va koinotshunos olimlar, shuningdek, uchish apparatlari ixtiro qilinadigan konstruktorlik byurolar faoliyati bilan tanishdilar. Yosh kitobxonlar esa ko‘rgazmada yorqin suratlar bilan boyitilgan «Bolalar ensiklopediyasi», «Zvyozdnoe nebo», «Yer sayyorasi», «Doroga na kosmodrom», «XX vek. Xronika neob’yasnimogo», «Kosmicheskoe sodrujestvo» va «Vselennaya. Voprosov bolshe chem otvetov» kitoblari sahifalarida aviatsiya va kosmos haqida qiziqarli ma’lumotlar va ajoyib voqealar bilan tanishdilar. Mutaxassislar uchun esa qiziqarli ma’lumotlar va manbalarga boy «Aviatsiya i kosmonavtika: vchera, segodnya, zavtra» va  «Grajdanskaya aviatsiya» jurnallari taqdim etilgan.

Umumjaxon aviatsiya va kosmonavtika kuniga bag‘ishlangan «Kosmonavtika –bepoyon kelajak» nomli kitob-rasmli ko‘rgazmaga tashrif buyurgan kutubxona foydalanuvchilari hozirgi zamon kosmonavtika fani haqida ko‘p qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.