QULAY ShAROITLAR MAQSADLAR SARI YeTAKLAR

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi dunyoning istalgan burchagidan audio kitoblar va musiqa tinglash, videolavhalarni ko‘rish hamda yuklab olish imkonini beruvchi ochiq media resurslar portalini ishga tushirdi.

 

https://media.natlib.uz havolasi bo‘yicha siz taniqli shaxslar bilan intervyular, mahoratli notiqlar tomonidan o‘qilgan jahon adabiyoti mumtoz va zamonaviy shoh asarlarini, gramplastinkalarning raqamlashtirilgan Mp3 formatida musiqa asarlarini tinglash va yuklab olishingiz mumkin.

 

Foydalanuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan materiallarni oson topishlari uchun audio va video resurslar “biz tavsiya etamiz”, “yangi qo‘shilgan”, “Ommabop”, “janrlar” toifalariga ajratib berilgan.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati