O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatilishini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun-mohiyati hamda ahamiyatiga bag‘ishlangan brifing

2019 yil 1 iyul kuni O‘Zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatilishini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun-mohiyati hamda ahamiyatiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda soha mutaxassislari va OAV vakillari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori U.Teshaboeva brifing ishtirokchilarini qutladi va ularni mazkur qarorning mohiyati bilan tanishtirdi. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ichida aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalasiga davlat siyosati darajasida ahamiyat qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2019 yil 7 iyun kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatilishini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4354-qarori qabul qilinishi mazkur tashabbusda keltirilgan  kitobxonlikning hamda yoshlarning ma’naviy tarbiyasini shakllantirishda mutolaaning ahamiyatini yanada mustahkamlab bermoqda. Bugunga qadar sohamizga doir bir qancha qarorlar chiqqan, oxirgisi 2017 yil 13 sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-son qarori nashriyotlar va kitob tarqatish tizimini ham qamrab olgan bo‘lsa, bugungi qaror aynan kutubxonachilik sohasiga qaratilgan.

O‘zbekistonda axborot-kutubxona sohasini takomilashtirishga tegishli

Mazkur qaror qabul qilingandan buyon ommaviy axborot vositalari orqali mahsus ko‘rsatuvlar, ularda soha mutahassislarinig chiqishlari, respublikamizdagi barcha axborot-kutubxona muassasalarida uning mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini ochib berishga yo‘naltirilgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Viloyat axborot-kutubxona markazlari direktorlari joylarda Prezident qarorida belgilangan vazifalar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar, mavjud muammolar va sohadagi ijobiy o‘zgarishlarga bag‘ishlangan intervyular bermoqdalar, siyosiy-ijtimoiy gazeta va jurnallarda, internet saytlarida mazkur Qaror mazmun  va mohiyati, hususan aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatilishini sifat jihatidan yanada rivojlantirish, sohadagi asosiy vazifalarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida tahliliy maqolalari bilan qatnashib kelmoqdalar.

Qarorda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshida 186 ta tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini tashkil etish, shuningdek, umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha axborot-resurs markazlarini tugatish va ularning kitob fondlari va shtat birliklarini yangidan tashkil qilinayotgan tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlariga berish ko‘zda tutilgan.

Mazkur qaror bilan 2019 — 2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi va 2019 — 2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi dasturi ishlab chiqildi”, - deya xabar berdi U.Teshabaeva.

Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi direktori H.Karimova mazkur qarorda kutubxona ishini bosqichma-bosqich tashkil etish belgilanganini alohida aytib o‘tdi. “Qarorning ahamiyatli jihati shundaki, unda aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan aniq vazifalarning belgilanganligidadir. Zero, aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatishda me’yoriy – huquqiy bazani takomillashtirish, davlat-xususiy sheriklik faoliyatni yo‘lga qo‘yish, xususiy va elektron (virtual) kutubxonalar tarmog‘ini kengaytirish, elektron kitoblar tarqatishga ixtisoslashgan internet-resurslar bilan hamkorlikni kengaytirish, kitoblar fondini yaxshi saqlanishini ta’minlash kabi vazifalarni  bajarish orqali  kutubxona xizmati faoliyatini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish mumkin.

Qarorga asosan tasdiqlangan 2019 — 2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish Konsepsiyasisi  respublika axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, tamoyillari, ustuvor yo‘nalishlari va mexanizmlarini belgilovchi qarashlarning yagona va bir butun tizimini o‘zida aks ettiradi.

Unda ko‘rsatilgan axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning maqsad va vazifalari ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni isloh qilish sharoitlarida mamlakatda kechayotgan o‘zgarishlar va xalqaro amaliyotga muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi. Ushbu Konsepsiya fuqarolarning ijtimoiy holati va yashash joyidan qat’i nazar, axborotni erkin olish huquqini o‘rnatuvchi, axborot-kutubxona faoliyatini hamda madaniyat sohasidagi siyosatni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq, respublikada axborot-kutubxona faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan”, - dedi H.Karimova.

Brifingda, shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori M.Rahmatullaev, Davlat ilmiy-tibbiyot kutubxonasi direktori F. Bolkunova va Kasb-hunar ta’limi markazi Bosh mutaxassisi K.Mavlonovlar so‘zga chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatilishini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorning mohiyati, bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘zlar ekanlar, fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlovchi aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, milliy va jahon madaniy boyliklari, amaliy va fundamental bilimlar bilan tanishtirish, shuningdek, mamlakatimizning axborot-kutubxona muassasalarida mavjud milliy-madaniy merosni saqlash kabilardan iborat O‘zbekistonda axborot-kutubxona sohasini samarali rivojlantirishning strategik maqsadlarini aytib o‘tdilar.

Brifingda jurnalistlar tomonidan O‘zbekistonda axborot-kutubxona sohasida xususiy sherikchilik qay daraja rivojlanganligi va bunda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining xayrixohligiga doir, mazkur Qarorda belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida “Yo‘l haritasi” ishlab chiqilganligi va qabul qilingan qaror natijasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatidada qanday o‘zgarishlar kutilayotgani haqida savollar berildi.

OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan bircha savollarga javob oldilar va brifing tashkilotchilariga minnatdorlik bildirdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati