“Central Asia – 2019. FAN, TA’LIM, MADANIYaT VA BIZNESDA INTERNET VA AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI” XIII Xalqaro konferensiyasining yalpi majlisi

2019 yil 24 aprel kuni “Central Asia – 2019. FAN, TA’LIM, MADANIYaT VA BIZNESDA INTERNET VA AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI” XIII Xalqaro konferensiyasining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda konferensiyaning barcha qatnashchilari ishtirok etdilar. Uni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori Marat Raxmatullaev olib bordi.

“Central Asia – 2019. FAN, TA’LIM, MADANIYaT VA BIZNESDA INTERNET VA AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI” XIII Xalqaro konferensiyasi doirasida «UZNEL» dasturiy ta’minotida «Kataloglashtirish» moduli bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi

2019 yil 24 aprel kuni “Central Asia – 2019. FAN, TA’LIM, MADANIYaT VA BIZNESDA INTERNET VA AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI” XIII Xalqaro konferensiyasi doirasida «UZNEL» dasturiy ta’minotida «Kataloglashtirish» moduli bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi. “Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi” loyihasi doirasida Koreyaning FutureNuri kompaniyasi tomonidan UZNEL (O‘zbek Milliy elektron kutubxonasi) deb nomlangan axborot tizimi ishlab chiqildi va ishga tushirildi. UZNEL tizimi – O‘zbekiston Milliy kutubxonasini va loyihada ishtirok etayotgan 20 ta kutubxonani yagona tarmoqqa bog‘laydigan integrallashtirilgan elektron kutubxona tizimidir.

“Central Asia – 2019. FAN, TA’LIM, MADANIYaT VA BIZNESDA INTERNET VA AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI” XIII Xalqaro konferensiyasi doirasida «UZNEL» dasturiy ta’minotida «Komplektlash» moduli bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi

2019 yil 24 aprel kuni “Central Asia – 2019. FAN, TA’LIM, MADANIYaT VA BIZNESDA INTERNET VA AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI” XIII Xalqaro konferensiyasi doirasida «UZNEL» dasturiy ta’minotida «Komplektlash» moduli bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi. Axborot kutubxona muassasalari komplektlash bo‘limlari mutaxassislari uchun treningni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Axborot-kutubxona fondlarini komplektlash xizmati rahbari Nasiba Xoldorova olib bordi va “Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi” loyihasi doirasida Respublika kutubxonalari tizimini yagona bir tizimga o‘tkazilgani munosabati bilan UzNEL dasturiy ta’minotda ishlash qoidalari bilan tanishtirdi.

“Central Asia – 2019. FAN, TA’LIM, MADANIYaT VA BIZNESDA INTERNET VA AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI” XIII Xalqaro konferensiyasi tantanali ochildi

2019 yil 24 aprel kuni Urganch shahrida “Central Asia – 2019. Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari”  XIII Xalqaro konferensiyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda konferensiya tashkilotchilari, vazirlik va idoralar vakillari, xorijiy mehmonlar va konferensiya ishtirokchilari qatnashdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Central Asia – 2019”: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XIII Xalqaro konferensiyasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

2019 yil 22 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Central Asia – 2019”: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XIII Xalqaro konferensiyasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xodimlari, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbar va mutaxassislari hamkor vazirlik va idoralar vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar.